Tanlovlar – iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni

Tanlovlar – iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni

 

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 19-dekabridan 2023 yilning 21-martiga qadar “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz – vatan uchun” shiori ostida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar va sport musobaqalariga start berildi. Shu munosabat bilan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tashkil etilgan yig‘ilishda yoshlar masalasiga mas’ullar va talabalar ishtirok etdi.

Muloqotda ushbu xayrli tashabbusning mazmun-mohiyati, iqtidorlarni kashf etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i U.To`rayeva tomonidan taqdimot orqali “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz – vatan uchun” shiori ostidagi tadbirlar, tanlovlar va musobaqalarni o‘tkazish tartibi, jadvallari, ularda ishtirok etish shartlari haqida batafsil tushuncha berildi.

Scroll to Top