“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan oʼtkazilgan onlayn-seminar

2021 yil 25 yanvar kuni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasining oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokidagi muhokamasiga bagʼishlangan onlayn-seminar boʼlib oʼtdi. Ushbu onlayn-seminarda TKTI Shahrisabz filialining masʼul xodimlari, professor-oʼqituvchilari hamda faol talabalari maʼnaviyat xonasida yigʼilgan holda ishtirok etishdi.

Onlayn seminarni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov kirish soʼzi ochib berib, 2021 yilgi davlat dasturi loyihasining muhim jihatlari, xususan, unda belgilanayotgan yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan choralar, dastur loyihasini umumxalq muhokamasidan oʼtkazish jarayonidagi yangiliklar va maʼlumotlar haqida yigʼilganlarni batafsil tanishtirib oʼtdi hamda barchani muhokamalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar taqdiriga befarq emasliklarini, yangi Oʼzbekistonni barpo etish yoʼlida yana qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi xususida oʼz fikr-mulohazalarini, taklif-tavsiyalarini bildirishdi.

Onlayn-seminar yakunida oliy taʼlim muassasalarining professor-oʼqituvchilari va talabalari ham bu jarayonlarda oʼz faolliklarini yanada oshirishlari taʼkidlandi.3

Scroll to Top