Targ`ibot karvoni tumanlarda

Targ`ibot karvoni tumanlarda

Shahrisabz tumani 16-sonli musiqa maktabi hamda Yakkabog’ tumani Xo’ja Valliy madrasasi bog’ida tuman hokimligi hamda viloyat yoshlar tashkilotlari hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar muhokamasiga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

“Konstitusiya meniki, seniki, bizniki. Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu targ‘ibot tadbirida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabalari ishtirok etishdi.

Ular siyosiy jarayonlarga befarq emasliklarini namoyon etib, o’z fikrlarini omma oldida bildirib, Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlandi va 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

 Tadbir davomida sanʼatkorlar va talabalarimiz tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga quvonch bagʻishladi.

Scroll to Top