“Tazarru” hujjatli filmining taqdimoti munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbati

Joriy yilning sentabr oyida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o’qituvchlari hamda talabalari uchun “Tazarru” hujjatli filmining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Hujjatli filimda bugungi kunda Suriya, Liviya, Avg’oniston singari davlatlarda sodir bo’layotgan notinch vaziyat va buning yuzaga kelish sabablari, jumladan O’zbekiston Respublikasida sodir bo’layotgan hodisalar, xususan nufuzli oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ib qilinayotgan buzg’unchi yot g’oyalarga aldanib, xato qilgan, bu xatosi evaziga javobgarlikka tortilgan, farzandning qilmishi uchun qaddi bukilgan otaning iztirobi,  jazoni o’tayotgan talaba -yolg‘iz farzandning qilgan xatolari sabab ota-onasi, oilasi oldida pushaymonga to’la tazarrusi namoyish etilgan. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarimizning oilasi, ota-onasi oldida burchlarini unutayotgani, boylik, amal ortida qilinayotgan xiyonat, xudbin farzandning qilmishlari yoritilgan.

Muhokamada qatnashgan talabalar va professor-o’qituvchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ib qilinayotgan buzg’unchi va yot g’oyalarning ta’sir qoirasiga asosan dunyoqarashi rivojlanmagan, diniy ilimlarga ega bo’lmagan yoshlar ko’proq tushib qolayotganligi hamda bunday yoshlar ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqlangan saytlardan ma’lumotlarni yuklab olish va tarqatish bilan shug’ullanishi natijasida javobgarlikka tortilayotgani haqida fikr bldirildi.

Davra suhbati nihoyasida hushyorlik va ogohlik bugungi kunning dolzarb mavzusi ekanligi sabab, yoshlarni har qanday ko’rinishdagi buzg’unchi va yot g’oyalardan himoya qilish barchamizning vazifamiz ekanligi ta’kidlandi.

1 thought on ““Tazarru” hujjatli filmining taqdimoti munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbati”

  1. Pingback: usa players accepted welcome casinos

Comments are closed.

Scroll to Top