Joriy yilning 16-mart sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Talabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo’naltirish bo’yicha sohaning yetakchi ish beruvchi korxona vakillari bilan navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “Tevaboshi ” Sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi mutaxassisi X.Ergashev, muxandis Z.Xamrayev, hisobchi F.Raxmatova, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatini fakultet dekani X.Sh.Tilovov kirish so’zi bilan ochib berdi va ushbu tashkil etilayotgan davra suhbatlarining filialda ta’lim olayotgan talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini belgilashda ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.
Shundan keyin, soha vakili korxonaning qisqacha tarixi, bugungi kundagi faoliyati, uning quvvati, jihozlari, laboratoriyasi to’g’risida ma`lumot berdi.
Soha yuzasidan qiziqarli savol-javoblar bo’lib o’tdi.
Davra suhbati yakunida korxona vakiliga hamda suhbat tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirildi hamda bunday uchrashuvlar yana davom ettirilishi ta’kidlandi.