Xabaringiz bor, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Faxriddin Fozilovich Xidirov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 19-avgust kuni TKTI Shahrisabz filialida tashkil etilgan tadbirga Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bahodir BOBORAJABOV tashrif buyurdi va jamoani tanishtirib, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir so`ngida, filialimiz direktori Sh.A.Mutalov tadbir ishtirokchilari bilan birga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni ko‘zdan kechirishdi
va mehmonlarni filialda tashkil etilgan amaliy-o’quv labaratoriya, ishlab chiqarish ustaxonalari,
kompyuter xonalari, o’quv xonalar, IT
hamda Axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishtirdi.