Tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, himmat va saxovat kabi an’analar yurtimizda mustahkam qaror topgan. Mana shunday faraxbaxsh kunlarda har birimizning qalbimizda shukronalik va dahldorlik tuyg‘usi jо‘sh urishi shubhasiz. Yurtimizda savob ishni har kim, har qachon qilish kerak degan ajoyib naql bor. Bir-biriga mehr-muruvvat kо‘rsatish ham bizlarga xos odatlardan biri sanaladi.
Yordamga muhtoj insonlarga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor kо‘rsatib kelinayotgani hech kimga sir emas. Ta’kidlash joizki, Qashqadaryo viloyatida ham bu borada keng kо‘lamdaga ishlar amalga oshirilmoqda. Mehrga muhtoj insonlar holidan xabar olish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Shu munosabat bilan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali tyutorlar jamoasi “Shahrisabz “Muruvvat” ayollar internat uyi”ga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida filial jamoasi “Muruvvat” ayollar internat uyi”da yashovchi ayollarga kiyim-kechaklar va turli xil shirinliklar ulashib, mehr-muruvvatga tashna kо‘ngillariga quvonch baxshida etishdi.