2023-yilning 31-oktyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo’naltirish bo’yicha sohaning yetakchi ish beruvchi korxonalari vakillari ishtirokida “Bitiruvchilar forumi” bo’lib o’tdi.

Davra suhbatini TKTI Shahrisabz filiali direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari B.Sh.Sirojov kirish so’zi bilan ochib berdi va ushbu “Bitiruvchilar forumi” barcha ishtirok etayotgan talaba yoshlar va professor-o’qituvchilar uchun manfaatli bo’lishligiga umid bildirdi.

Shundan so’z, so’z navbati Shahrisabz konserva zavodi laboranti vazifasida mehnat qilib kelayotgan G.Dusanovaga,

Shahrisabz “Don xalq rizqi” AJ laboranti R.R.Mirzayevaga,

Shahrisabz vino-aroq zavodi texnologi Sh.V.Buzrukovlarga berildi va ular bugungi kundagi korxonalar faoliyati, asosiy vazifalari, jihozlari, laboratoriyasi hamda ishlab chiqarish quvvati to’g’risida birma-bir so’zlab berishdi.

Bundan tashqari hozirgi kunda davlatlar va ta’lim, fan va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotganligi bois yurtimiz taraqqiyoti uchun yosh bilimli mutaxassislarga talab yuqori ekanligini ta’kidlab o’tishdi.


Umid qilamizki, ushbu forum talabalarimiz uchun juda foydali bo’ldi, chunki ular soha mutaxassislaridan aniq va kerakli maslahatlar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob olish imkoniga ega bo’lishdi.
Report content on this page