TKTI Shahrisabz filialida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmati • 26 апреля в 15:59

Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, oʻz sohasining ustalari boʻlgan insonlarga bogʻliq. Mamlakatimizda aynan taʼlim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bois Oliy ta’lim muassasalarida ham yetuk kadrlar yetishtirish yo’lida turli xil tadbirlar va seminarlar o’tkazilmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularga yangi imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida viloyatimizdagi korxona va tashkilotlar hamkorligida “Karyera kuni” nomli mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti bo’lib, hozirgi kunda 7 yo’nalishda kunduzgi ta’limda 1215 nafar , sirtqi ta’limda 2094 nafar talaba tahsil olmoqda.

Tadbirda filialning ja’mi 300 nafar bitiruvchilari qatnashdi. 

Ushbu tashkil etilgan mehnat yarmarkasida “Ozbekistan GTL” MChJdan personal boshqarish tizimi mutaxassisi T.Tilovov, 

“Qarshi Conch sement zavodi”dan ofis kadrlar bo’limi boshlig’I CHEN TIA,

“EAST AGRO INTERNATIONAL” MChJ kadrlar bo’limi boshlig’i M.Alimova, 

“Shahrisabz Vino-aroq” AJ ishlab chiqarish innovatsiya va mahsulot sifatini oshirish direktori Sh.Buzrukov, 

, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ o’quv markazi rahbari E.Hasanovlar

Hasanovlar so’zga chiqishdi va bir qator 30dan ziyod korxona xodimlari o‘zlaridagi bo‘sh ish o’rinlari haqidagi ma’lumotlar bilan ishtirok etishdi.

Tadbir davomida filialning har bir kafedralari o’z ko’rgazmalarini namoyish etishdi. 

Tadbirga taklif etilgan korxona va tashkilotlar mas’ul xodimlarining talaba yoshlar bilan muloqoti qizg’in tus oldi. Bunda korxona va muassasalar bilan talabalar o’rtasida mehnat shartlari va ishlab chiqarish korxonalarida ish faoliyatlarini boshlash bilan bog’liq savollarga javob oldilar hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Ayniqsa, “Qarshi Conch sement zavodi”ning mas’ul xodimlari tomonidan bo’sh ish o’rinlari uchun dastlabki saralash jarayoni bo’yicha suhbatning o’tkazilishi talabalarimizni quvontirdi.

Hatto, ba’zi talabalar o’qishni bitirgach qaysi korxonalarda o’z faoliyatlarini boshlashlarini ham belgilab oldilar…

Scroll to Top