TKTI Shahrisabz filialida “Murojaatnoma-2021” targʼibot-tadbiri boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqqa murojaatnomasining mazmun-mohiyatini jamoalarga yetkazishga qaratilgan targʼibot-tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda targʼibot guruhi aʼzolari, MFY raislari, maktab direktorlari, MTM rahbarlari, professor-oʼqituvchilar ishtirok etishdi.
Targʼibot-tadbirini TTESI katta oʼqituvchisi, targʼibot-guruhi rahbari Pirnazarov Gʼulom ochib berdi.


Qarshi davlat universiteti dotsenti Eshmatov Mamashukur murojaatnomaning mazmun mohiyati va unda mamlakatimizni barcha sohalarida rivojlantirish yuzasidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar xususida tushunchalar berdi. Islohotlar samarasini har bir inson oʼz hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini oʼz vaqtida va samarali taʼminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʼrni va mavqeini yanada mustahkamlash, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar xususida fikr yuritdi.


TDPU Shahrisabz filiali katta oʼqituvchisi Аhmedov Noʼʼmon ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar, shu bilan birga, farzandlarimizga korruptsiya oʼta ogʼir jinoyat ekani va unga nisbatan murosasiz boʼlib, faqatgina halol mehnat va tadbirkorlik orqali daromad topishni oʼrgatishimiz kerakligini tushuntirib oʼtdi.
TDPU Shahrisabz filiali dotsenti Mamatov Maxmud yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamdagi islohotlar, ilm-fan sohalarida olib borilayotgan ishlar xususida fikrlar bildirdi.


TKTI Shahrisabz filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari dotsent Ravshanov Suvonqul soʼnggi yillar davomida davlatimiz tomonidan taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilayotganiga urgʼu berib. bu borada amalga oshirilishi kerak boʼlgan ishlarga eʼtibor qaratdi, taʼlimga innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalariga toʼxtaldi.


TKTI Shahrisabz filiali kafedra mudiri PhD Norqobilov Аdhamjon yoshlar faolligini taʼminlashning zamonaviy mexanizmlari, yoshlar qanday sifat sohiblari boʼlishlari kerakligi haqida fikr yuritdi. Prezidnetimiz taʼkidlaganidek, Yoshlar – sogʼlom, shijoatli, bilimga tashna, vatanparvar, tashabbuskor, fidoyi, mehnatsevar, tadbirkor, dovyurak, mard, yangilikka intiluvchan, bunyodkor, kreativ fikrlovchi, barkamol, ezgu fazilatlar egasi boʼlishi kerakligini oʼqtirdi.


Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini joylarda aholiga chuqur tushuntirish mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.

Scroll to Top