Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan Yaponiya milliy universiteti doktoranti, “Nissan Motors” korporatsiyasi bosh moliya menejeri Ashrafbek Olimov bilan Fondning @vatandoshlar_fond telegram,ijtimoiy tarmog’i orqali “Xalqaro kompaniyalarda xalqaro moliya boshqaruvi sirlari” (avtosanoat misolida) mavzusida onlayn muloqot o’tkazildi.
Onlayn muloqotda filial Iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori xodimlari va iqtisod yo’nalishi talabalari qatnashdilar. Onlayn muloqotda Ashrafbek Olimov Yaponiya davlati, u yerdagi ta’lim va professional tayyorgarlik to’g’risida o’zining qimmatbaho fikrlarini talabalarga yetkazib berdi.