TKTI Shahrisabz filialida tashkil etilgan “Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini muhokama etish” mavzusidagi seminar-yigʼilish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi hamda 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filialida olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar bilan tanishtirish uchun Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi tegirmonlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida “Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini muhokama etish” mavzusida seminar-yigʼilish tashkil etildi. 

Unda “Jonboy don mahsulotlari” tayyorlash aktsionerlik jamiyati bosh texnologi Ravshan Ergashev, “Samarqand don mahsulotlari” tayyorlash aktsionerlik jamiyati texnologi Uchqun Rustamov, “Oqtosh Don” aktsionerlik jamiyati ishlab chiqarish mutaxassisi Zoir Ibodov, “Oqtosh Don” aktsionerlik jamiyati laboranti Zavqi Bobomurodov, “Qamashi Don” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼminotchisi Movriddin Mustafaev, , “Qamashi Don” masʼuliyati cheklangan jamiyati energetigi Sherali Jumanov, “Don xalq rizqi” aktsionerlik jamiyati ishlab chiqarish direktori Muxtor Botirov, mutaxassis professor-oʼqituvchilar, izlanuvchan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarni tashkil etishdan maqsad, sifatli kadrlar tayyorlash uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan takliflarni olish va ular bilan ushbu sohada salohiyatli kadrlarni shakllantirishdan, hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Bugungi kunda tayyorlangan ilmiy ishlanma va olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan filial  ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari direktor oʼrinbosari T.F.N.dots. Ravshanov Suvonqul Saparovich toʼrtta mavzuda maʼruza qildi.

. Ular kuyidagilar:

1.Mahalliy bugʼdoy donlarini navli un tortishda gidrotermik ishlov berish jarayonini takomillashtirish.

2.“Bugʼdoy unlarning funktsional xossalarini oziqaviy qoʼshimchalarsiz yaxshilash texnologiyasini ishlab chiqish”.

3.Maxalliy bugʼdoy donlarini navli un tortishga tayyorlashda yer osti va ichimlik suvni taʼsirini tadqiq etish.

4.“Funktsional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish”.

Muhokamadan soʼng, seminar-yigʼilish tashkilotchisi dots. S.S.Ravshanov mehmonlarni filialimizda aynan tayyor ishlanmalar asosida kichik ishlab chiqarish sexida sinov tajribalarini olib borish va talabalarda ishlab chiqarish jarayonini tasavvur qildirish, amaliy koʼnikma hosil qildirish uchun ishga tushirilgan sexga taklif etdi.

Uzoq davom etgan seminar-yigʼilish bahs va munozaralarga boy boʼldi.

Scroll to Top