Тoshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida har yili aprel-may oylarida hududiy ishlab chiqarish korxonalaridagi muammolar o’rganilgan holda ilmiy- amaliy, ilmiy-texnik anjumanlar tashkil etiladi.
An`anaga ko`ra, bu yilgi “Umidli kimyogarlar-2023” XXXII yosh olimlarning ilmiy texnkaviy anjumani 25-aprel sanasida start oldi va 3 kun davom etdi. Anjuman oflayn va onlayn tarzda tashkil etildi.
Dastlab anjumanni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so’zi bilan ochib berdi.
So`ngra Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari, texnika fanlari doktori, dotsent S.S. Ravshanov va shu’ba raisi dotsent A.T. Norqobilovlar raislida olib borildi.
Anjumanning maqsadi – ta’lim jarayonida xalqaro tajribalardan foydalanishga doir xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlarni to‘plash, tajribalarni o‘rganish, aniqlash hamda ommalashtirishdan iborat edi.
Ushbu anjumanda 100 ga yaqin professor-o’qituvchilar hamda iqtidorli talabalar o’z maqolalari hamda tezislari bilan ishtirok etdilar. Bunday anjumanlarning o’tkazilishi talabalarda yanada o’z ustida ishlash imkoniyatini oshiradi.
Anjumanda ma’ruza qilgan professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan taqdim etilgan namunali maqolalar o`rganib chiqilib, tanlab olindi va taqdirlash uchun tavsiya etildi.
Faxrli o’rinlarga tavsiya etilgan talabalar quyidagilar:
1-o’rin 17-20 guruh talabasi Ergashev Abduraufxon (ilmiy rahbar dots.Ravshanov S.S.);
2-o’rin 15-21 guruh talabasi Ravshanova Lobar (ilmiy rahbar Xolmurodov B.B.);
3-o’rin 16-20 guruh talabasi Mashrapov Mirjalol (imiy rahbar dots.Ravshanov S.S.);
3-o’rin 17-20 guruh talabasi Obidov Javohir (ilmiy rahbar Raxmonov E.K.).
Faxriy yorliq bilan taqdirlashga tavsiya etilgan talabalar:
1. 15-21 guruh talabasi Sattorova Kamola (ilmiy rahbar Xolmurodov B.B.);
2. 23-21 guruh talabasi Fayzullayeva Muslima (ilmiy rahbar Raximov Y.E.);
3. 21-20 guruh talabasi Jalilov Bahrom (ilmiy rahbar Uzoqov Y.)
Ishlab chiqarishga tavsiya etilgan ishlanmalar:
1. 22-20 guruh talabasi Bobomurodov Abubakrning “Spirt ishlab chiqarish jarayonida retifikatsiyalash jarayoni ” mavzusidagi ma’ruzasi (ilmiy rahbar Bozorov Sh.I.)
2. 6-19 guruh talabasi Hamidova Mahbubaning “Sabzavot qo’shimchalari bilan boyitilgan non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi (ilmiy rahbar Xolmurodov B.B.)