Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida «Volontyorlar markazi» tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida iqtidorli, faol, tashabbuskor va tashkilotchi talabalardan iborat «Volontyorlar markazi» faoliyati joriy etildi. Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Xidirov ishtirok etdi.
Mazkur markazni tashkil etishdan asosiy maqsad – talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, Ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish ruhida tarbiyalash, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli oqilona siyosat mazmun-mohiyatini joylarda targ‘ib etishga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishdan iborat etib belgilandi.
Tadbir so’ngida markaz aʼzoligiga qabul qilingan talabalarga guvohnomalar topshirdi.