Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ana shunday ezgu qadriyatlarimiz davomiyligini taʼminlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil boʻlmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtkazilishi anʼanaga aylangan ushbu ekologik loyiha doirasida har yili TKTI Shahrisabz filialida 1000 tup daraxt va buta koʻchati,300 tup atirgul va mavsumiy gullarni ekish va shu orqali filialimizni yashil maydonlarini kengaytirish reja qilingan. Yaxshi niyat va havas bilan filialimizning barcha ustozu talabalari hamda ishchi-xodimlari amalga oshirilayotgan bunday xayrli amallarga o’z hissalarini qo’shib bormoqdalar.
Xulosa oʻrnida shuni aytish lozimki, atrof-muhit musaffoligini saqlash va tabiiy resurslar muhofazasini amalga oshirish, nafaqat davlat organlarining, balki, har bir insonning vazifasidir. Eng avvalo, har birimiz tabiat va jamiyat oldidagi masʼuliyatni teran anglasak, yaratilgan neʼmatlarning qadriga yetsak, ona tabiat ham bizdan saxovatini ayamaydi. Bugun havas bilan ekkan nihollarimiz yangi-yangi bogʻlarga aylanib, kelgusi avlodlar uchun sof va musaffo tabiiy sharoit yaratiladi.