Ushbu yig’ilishda 2023-2024 o’quv yili 2-semestri uchun belgilangan vazifalar ijrosi hamda o’quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ilmiy faoliyat yuzasidan bajariladigan ishlar, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida turli xil to’garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, nomdor stipendiyalarga talabalarni tayyorlash, dars o’tish jarayonlarida yangiliklardan foydalanish hamda tyutorlarning faoliyati borasida to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, kengashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali kengashining tavsiyasiga ko‘ra, Sodiqov Mansur Qaxxorovichni “Organik kimyo” ixtisosligi DOTSENTI ilmiy unvonini tasdiqlaganligi e‘lon qilindi va rahbarimiz tomonidan taqdirlandi.