Xabaringiz bor, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbarlari boshchiligida tuzilgan ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.
Joriy yilning 2-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.


Dastlab fizika va kimyo laboratoriya xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.




Shuningdek, oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar, taʼlim sifati jarayonlari, ilmiy salohiyat, masofaviy o‘qitish tizimida foydalanilayotgan moodle va HEMIS dasturlarining kamchiliklari va afzalliklari haqida o‘zaro fikr almashdilar.



Shundan soʻng, ishchi guruh aʼzolari TKTI Shahrisabz filialida tashkil etilayotgan bitiruvchilarning o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashuvchi o‘quv-ilmiy ishlab-chiqarish laboratoriyasi bilan tanishishdi.






