Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Ilmiy va innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor  o’rinbosari H.Sh.Tilovov ochib berdi. Shuningdek, filialda o’tkazilishi rejalashtirilgan bir qator  “Ayollar biznesiga birinchi qadam”, Akademik harakatchanlik” dasturi, “Bo’lajak olim” tanlovlarini tashkil etish tartibi bo’yicha ham ma’lumotlar berdi.

Tadbirda “Techno Ways” marafonining filial bosqichida oʻz gʻoyalari , ilmiy va startap loyihalari bilan ishtirok etish istagidagi yosh professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Scroll to Top