⚡️Xabaringiz bor filialimiz direktori, professor Shuxratjon Mutalovning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi doimiy tashkil qilinmoqda. Bu galgi uchrashuv filial professor-o‘qituvchilari, sardorlari hamda yetakchilari ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, xususan, talabalar ijarada qayerda, qanday sharoitda, kimnikida yashamoqda, darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi, qishki ta‘tilni mazmunli o‘tkazish, qishki sessiyadan muvaffaqiyatli o‘tish sirlari kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar.