Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalar bilan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari tarqalish omillari (joylar, vaqtlar va usullar)” mavzusidagi navbatdagi davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Xidirov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi G’.Yangiboyev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i M.Raximov, filial profilaktika inspektori B.Nosirov, yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i U.To‘rayevalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishini oldini olish uchun avvalo har bir inson bu illatni qanday yomon oqibatlarga olib kelishini bilishlari lozimligi, bu asr vabosi ekanligini, u yoshlarni o’rgimchak to’ri kabi qamrab olayotganini takidlashdi va ogohlikka da’vat etishdi.

Scroll to Top