Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalarni kelgusida kasbiy faoliyatga yo’naltirish va ularni munosib ish o’rinlari bilan ta’minlash bo’yicha sohaning yetakchi ish beruvchi korxonalari vakillari bilan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida “Oq SAROY TEXTILE” mas’uliyati cheklangan jamiyati kadrlar tayyorlash muhandisi Oqila Ismoilova, filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Tilavov, filialning “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti “Texnologik mashinalarni jihozlash”, “Kimyoviy texnologiya” va “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishlarining 4-kurs talabalari ishtirok etishdi.

Ma‘ruzachi tomonidan korxona haqida batafsil ma’mot berib o’tildi.

Soha vakili bilan talabalar o’rtasida soha yuzasidan qiziqarli savol-javoblar bo’lib o’tdi.

Scroll to Top