Unda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi G’.Yangiboyev ham ishtirok etib, tyutorlarning faoliyati haqida to’xtalib o’tdi. Talabalarning taʼlim-tarbiyasi, yashash sharoiti, ularning muammolari bilan toʻxtovsiz shugʻullanish lozimligi, ularning to’garaklardagi ishtirokini yanada kuchaytirish borasida tavsiyalar berdi, ta’lim va tarbiya jarayonlarini ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.