Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz fililalida “11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova ochib berdi.

Unda Yoshlar bilan ishalash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i U.Turayeva hamda professor-o’qituvchilar M.Kiyamova, A.Baxronova, F.Umirqulova, M.Haqnazarovalar yoshlarga kimyo sanoatida olib borayotgan ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanishdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbirda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziquvchi iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Scroll to Top