“Tutzor” MFYda targ`ibot tadbiri
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali sirtqi bo`lim boshlig`i, Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashining Ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalari bo`yicha doimiy komissiya a`zosi hamda O`zbekiston XDP a`zosi Sh.Rahmonova hamda filial targ`ibot guruhi a`zolari “Tutzor” MFYda navbatdagi targ`ibot tadbirni tashkil etishdi.

Unda mahalla faollari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi va bosh qomusimizga kiritilayotgan normalarga alohida to‘xtalib, ularning ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
