Tyutorlar faoliyati o’rganilmoqda
 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig’ilishining 2023-yil 11-fevraldagi 3-son bayonining 14-bandida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan tyutorlar tizimini hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etish, tyutor shtatlariga malakali, ma’naviyati yuqori bo’lgan xodimlarni tanlab olish choralarini ko’rish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Mazkur Bayonning ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tuzilgan ishchi guruh tomonidan institut tyutorlari faoliyati o’rganildi.