Tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar

Tyutorlar – bu yuksak mas’uliyat egalari hisoblanadi. Yaxshi tyutor – bu talabaga yelkadosh murabbiy va mohir konsultantdir. U talabaning kuchli taraflarini, zaxiradagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, kamchiliklari ustida ishlashni o‘rgatadi. 

Tyutor birinchi navbatda, ma’lum bir sohaning mutaxassisi bo‘lib, uning asosiy vazifasi talabaga muayyan bilim va ko‘nikmalar berishdan iborat. 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Yangiboyev G’iyos Abdusalomovich tomonidan “Tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida tyutorlik imedji, tyutorlik faoliyatini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar, axborot soatlarini sifatli tashkil etish, yoshlarni yot g’oyalardan asrash, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, talaba-yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan tadbirlarga barchani jalb etish xususida fikr yuritildi, amaliy tavsiyalar berildi. 

Report content on this page

Scroll to Top