Toshkent kimyo-texnolgiya instituti Shahrisabz filialining faollar zalida uzoq yillar fidokorona xizmat qilib nafaqaga chiqqan nuroniy professor-o’qituvchilar, mehnat faxriylari hamda fidoiy insonlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.
Unda Boltayev Bozor, Jabborov Haydar, Bobomurodov Muxsin, Sheraliyev Nurbobo, Karimov Salomxo`ja, Qo`ldoshev Dilshod, Xalimova Matlyuba, Astanov Rustam, Bozorov Ibodullo, G`iyosov Ismat hamda tyutorlar jamoasi va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ushbu faxriylarning bosib o’tgan mashaqqatli yo’li va hozirgi tinch zamonda yashayotganimiz haqida iliq fikrlar bildirildi.