Uch avlod uchrashuvi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Shahrisabz shahar bo‘limi mutaxassisi Asomiddin Uzoqov, Shahrisabz shahrining ijodkor yozuvchi va shoirlari Bozor Boltayev, Tesha Yusupov, Qurbonali Azizov, filial professor-o‘qituvchilari hamda she‘riyatga oshno ijodkor talaba-yoshlar ishtirokida ijodiy kecha o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv talaba-yoshlarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otib yubordi. 

Shoirlar tomonidan o‘qilgan she’rlar yurak-yurakkacha kirib bordi. Dildan qurilgan suhbat esa o‘zbek adabiyoti namoyondalari, she’riyat haqida bo‘ldiki, ko‘ngillar mazmunli kechadan taskin topdi.

Albatta, ularning fikrlari bugungi o‘zbek adabiyoti haqida ketar ekan, bugunning iqtidorli yoshlariga ulandi.

Mana shunday ijodiy ushrashuvlar yoshlarni ijodga, adabiyotga qiziqtirish bilan birga kasbiy faoliyatida o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi.

Bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv barcha talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Report content on this page

Scroll to Top