Uch avlod uchrashuvi …

Shahrisabz shahar madaniyat markazida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida prokuratura xodimlari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab viloyat hokimligi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilayotgan madaniy ma’rifiy tadbirda generallar, mehnat faxriylari va hozir joylarda faoliyat olib borayotgan amaldagi prokurorlar hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Prokuratura tomonidan Temurbeklar maktabi kutubxonasiga va faol yoshlarga esdalik uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

Scroll to Top