“ Umidli kimyogarlar-2021”

Joriy yilning 13-15-aprel kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalar o’rtasida “ Umidli kimyogarlar-2021” yosh olimlarning XXX ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Anjuman yosh olimlar, tadqiqotchilar, bakalavriat va magistrantlarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilishga bag’ishlangan. Anjumanda 40 yoshgacha bo’lgan yosh olimlar, shuningdek, ilmiy rahbarlari bilan talabalar ishtirok etishdi.

Anjumanda ma‘ruzalar quyidagi sho‘balar bo‘yicha o‘tkazildi:

–        Noorganik moddalar texnologiyasi;

–        Organik va yuqori molekulyar birikmalar texnologiyalari;

–        Neft va gazni qayta ishlash texnologiyalari;

–        Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi;

–        Kimyoviy texnologiyada kompyuter uslublari va fundamental fanlar;

–        Ta‘limda innovatsiyalar, sanoat iqtisodiyoti va menejmenti;

–        Kimyoviy texnologiyalar va atrof-muhit muhofazasi;

Anjumanda filialimizdan 24 dan ortiq kimyo fanining bilimdon talabalari o’z ilmiy rahbarlari bilan ishtirok etishdi. Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan va yuqoridagi me’yorlarga javob beruvchi 14 ta ma’ruza tinglanib, har bir ma’ruza hakamlar tomonidan baholandi. Anjumanda faol ishtirok etgan quyidagi talabalar:

 3-o’rinni 21-20 guruh talabasi Shodiyeva E’zoza – ilmiy rahbari S.X.Sa’dullayev;

2-o’rinni 27-20 guruh talabasi Sobirov Nodirbek – ilmiy rahbari B.B.Xolmurodov;

 1-o’rinnni 27-20 guruh talabasi Baxtiyorov Abdulaziz – ilmiy rahbari B.B.Xolmurodov;

 shuningdek, 3-19 guruh talabasi Maxmudov Shaxtiyor – ilmiy rahbari A.N.Abdiyev,

3-20 guruh talabasi Xushvaqtova Vazira – ilmiy rahbari S.X.Sa’dullayev,

2-20 guruh talabasi Jo’rayeva Farida – ilmiy rahbari S.X.Sa’dullayevlar 20-aprel kuni “Taqdirlash marosimi”da direktorimiz prof. Sh.A.Mutalov hamda kafedra mudiri PhD. A.T.Norqobilovlar tomonidan qimmmatbaho sovg’alar, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top