Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talaba-yoshlar o‘rtasida “Umr tezlikdan muhimdir” va “Xavfsizlik kamari–hayot garovi” shiorlari ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizlik bo‘limi katta inspektori, leytenant Sh. Nosirov, Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Xidirov, Shahrisabz IIB JXX XPB profilaktika inspektori katta leytenanti B.Nosirov, guruh tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida o’tgan davra suhbatida talabalar faol ishtirok etishdi va o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.