О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi “«Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat kо‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-5132-son qarori bilan ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida mutlaqo yangi tizim amaliyotga joriy etildi. Shu boisdan, “UNICON-SOFT” MCHJ tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialda oʻquv seminari oʻtkazildi.
Semenarda “UNICON-SOFT” MCHJ Qashqadaryo hududiy bólimi menejerlari Jo’raqulov Fayoz, Tursunaliyev Umidjon, filial Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig`i Sh.Shoyimov hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.