USTOZIM – SIZGA TA’ZIM!

Joriy yilning 30-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan ” Ustoz-otangdek ulug’ ” shiori ostidagi katta bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni institut direktori prof. Sh.Mutalov barcha jamoa a’zolarini samimiy tabriklab, ularning mashaqqatli va sharafli kasblarida ulkan muvaffaqiyat tiladi.

Bayram munosabati bilan barcha ustozlarga institut direktori, kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Tadbir talabalar tomonidan tayyorlangan bayram tabriklari, sahna ko’rinishlari ustozlarni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar sadosi ostida juda ko’tarinki ruhda va kayfiyatda o’tdi.

Avvalo mana shu qutlug’ kun “Ustoz” degan ulug’ nomga sazovor barcha ustoz va murabbiylarga muborak bo’lsin. Istardimki, “Ustoz” degan buyuk sharaf biz shogirdlaringizga ham nasib etishini.

Bloger talaba Bahromov Namozali.

Scroll to Top