“Xalqaro qizlar kuni”

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz fililaida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Shahrisabz shahar hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Almirzayeva Muhayyo Jumayevna, Shahrisabz shahar “Oqila ayollar” harakati bo’limi boshlig’i Eshaliyeva Rohila Qo’ziyevna, filial direktori Sh.A.Mutalov, professor-o`qituvchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.

BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etiladi.

Scroll to Top