Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida rahbariyati tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan sumalak tayyorlandi va xayriya oshi tarqatildi.
O‘zbek xalqi azal-azaldan o‘zining mehmondo‘stligi, yuksak fazilati va umuminsoniy qadriyatlarini o‘zida mujassam etib keladi. Navro‘z bayrami arafasida har yili sumalak tayyorlanishi an’anaga aylanib qolgan. Ushbu xayrli ish kattalarning duosi va ezgu niyatlari bilan boshlandi. Filial direktori Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich va tashkilotchilar bilan birgalikda ezgu niyatlar bildirilib, sumalak taomi tayyorlandi. Doshqozonda osh damlanib barcha hasharchilarga tarqatildi.