Filialda tahsil olish istagida boʼlgan chet el fuqarolari uchun

kerakli maʼlumotlar

Oʼqish jarayoni

       Filialda oʼquv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi (02.09-30.06). Oʼquv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda tahsil olininshiga koʼra turlicha boʼladi. Bakalavriatura bosqichi – 4 yil davom etadi (bu bosqichda yoʼnalishdan kelib chiqib oʼquv jarayoni davomiyligi belgilanadi).

       Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun, filialning halqaro hamkorlik boʼlimiga murojaat qiling (e-mail: info@stict.uz,  tel.: +99875 522-50-68).
Filialda tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun rus va oʼzbek tillarida amalga oshiriladi, shu sababli nomzodlardan rus tilidan mukammal bilim darajasi talab qilinadi.

Oʼqishga kirish

       Filial Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi ПФ-5953-sonli farmonining 19 bandi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Xorijiy fuqorolarni Oʼzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi 2008 4 avgustdagi 169 sonli qarorning 12- bandiga muvofiq va shu Qarorga asoslangan meʼyoriy xujjatlar asosida chet el fuqarolarini suhbat asosida test sinovlarisiz oʼqishga kabul kiladi.

 

Chet el fuqarolari filialning halqaro aloqalar boʼlimiga

quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • Filialda oʼqish uchun ariza;

  • Tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringiz soʼraladi;

  • Bakalavriatura bosqichiga: oʼrta yoki oʼrta maxsus taʼlimi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat);

  • Oʼzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki oʼzbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;

  • Skaner shaklidagi fuqarolik pasporti yoki Oʼzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish xuquqini beruvchi pasport;

Turar joy uchun roʼyhatdan oʼtish hamda viza olish jarayoni

       Horijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik roʼyhatdan oʼtkazish oliy taʼlim muassasalarining Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan oʼzaro kelishuvi asosida Oʼzbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Horijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning oʼz davlatida joylashgan Oʼzbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan yoki Toshkentdagi halqaro aeroportda ham taqdim qilinishi mumkin.

Scroll to Top