“Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!” mavzusidagi davra suhbati

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayoti va oiladagi mavqeini mustahkamlash, tom ma’noda davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida qamrab olindi. “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” va “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar kengashi yangi loyihaga qo‘l urdi. Unga ko‘ra, 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kun faollik” aksiyasi o‘tkazilib, jahon hamjamiyati e’tibori ayollarga bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi kurashishga qaratiladi.

        Toshkent kimyo texnologiya instituti Shaxrisabz filialida “25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish xalqaro kuni” hamda “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyalari doirasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!” mavzusida navbatdagi davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatini filial Xotin-qizlar kengash raisi A.U.Berdiyeva olib bordi.

Ta’limdagi tarbiya, o‘qish jarayoni, xotin-qizlarga ajratilayotgan imtiyozlar, borasida ma’lumot va tavsiyalar berildi.

Scroll to Top