Xotira abadiy – qadr muqaddas

  

Xotira o‘zlikni anglashga o‘tmishni doimo yodda tutishga da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘udir, u orqali inson o‘ziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi. Shahrisabz davlat pedagogika instituti faollar zalida shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Xotira abadiy – qadr muqaddas” adabiy-badiiy tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda Shahrisabzda ko’p yillar davomida turli xil sohalarda faoliyat yuritgan faxriylar tashrif buyurishdi. Tadbirni Shahrisabz shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Almirzayeva ochib berdi va barchani “9-may Xotira va qadrlash kuni” bilan tabrikladi.

Shahrisabz shahrimizda ham yashagan va turli xil kasblarda fidokorona xizmat qilib, yoshlarni tarbiyalashga hissa qo‘shgan faxriy ayollar haqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi va ularning xotirasi yod etildi.

Scroll to Top