“Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!”

Shahrisabz shahar faxriy “Nuroniylar” boʻlimi hamda Oʻzbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashi aʼzolari hamkorligida Oʻzbekiston Mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlab “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi targ`ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda “Yakkabog’ ovozi” gazetasining bosh muharriri Bozor Aziziy, ma’naviyat targ’ibotchisi Ro’zimurod Aliyev, Qurolli kuchlar faxriysi, iste’fodagi mayor Bahrom Toshbuxorov, Yakkabog’ tumani MMTB kasaba uyushmasi raisi Alisher Xonnazarov, vetenar-jangchi faxriy, tuman bo`limi raisi Ibrohim Bo’ronov, vetenar-jangchi Fayzulla Pirmatov, Shahrisabz shahar IIB faxriysi Fozilov Riyodullo, Shahrisabz shahar IIB faxriylar Kengashi raisi Haydarov Sayfiddinlar ishtirok etishdi.

Tadbir Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shaharisabz filiali professor-o’qituvchilari, filialning faol oʻspirin talaba-yoshlari davrasida oʻtkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar toʻgʻrisida, shuninngdek, mustaqillik uchun, xalqimiz kelajagi uchun jonini tikkan vatanimiz fidoiylari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Hayajonli tadbir ishtirokchilarning savol javoblari bilan yakunlandi.

Scroll to Top