Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 1 kursga qabul qilingan talabalar uchun “BIZ BIR BO’LSAK YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK VATANMIZ!” shiori ostidagi “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori kimyo fanlari doktori, professor Mutalov Shuxratjon Axmadjonovich ochib berib, ushbu oliygoh ostonasiga qadam qo‘yayotgan birinchi bosqich talabalarini o‘qishga qabul qilinganliklari bilan tabriklab ularga omad tilab o‘tdi.