“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”

Joriy yilning 16-iyun sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining faollar zalida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Unda respublikamizda tanilgan ijodkorlar, san’at va madaniyat xodimlaridan Dilfuza Rahimova, Barno Qodirova, Mehmonali Salimov, yuridik fanlari nomzodi Feruza Muxiddinovalar ishtirok etishdi.

Tashrifda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan davra suhbati ham tashkil etildi. Suhbatda mustaqil O`zbekistonimizda olib borilayotgan siyosiy jarayonlar, madaniyat sohasidagi so‘nggi yangiliklar haqida so‘z bordi.

Scroll to Top