Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Yangi O`zbekiston yoshlarimiz” shiori ostidagi mini-futbol

2021 yil 9-11 dekabr kunlari Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Yangi O`zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida filial tyutorlari hamda jismoniy tarbiya va sport murabbiylari hamkorligida sportning mini-futbol turi bo`yicha yo’nalishlar kesimida talaba-o`smirlar o`rtasida musobaqa bo`lib o`tdi.

Musobaqani TKTI Shahrisabz filiali o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B.Sh.Sirojov kirish so`zi bilan ochib, jamoalarga omadlar tiladi. Madhiya sadolari tinglangach, musobaqaga start berildi. Musobaqa ko`tarinki kayfiyatda boshlandi.

Qizg`in o`tgan musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko`ra

1-   o`rinni 5-19 guruh jamoasi;

2-   o`rinni 4-20 guruh jamoasi;

3-   o`rinni 22-21 va 16-21guruh jamoalari egallashdi.

Musobaqa yakunida filial rahbariyati tomonidan sovrindor jamoalarga diplom va g`olib jamoaga ko`chma kubok topshirildi.