Yurtboshimizning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Filial ostonasidan iliq kutib olingan ota-ona va talabalar “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tadbirga taklif etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Tadbirni filial direktori Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich ochib, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lgani bilan qutlab, erishilgan yutuqlar haqida nutq so‘zladi.


Taqdbirda so‘zga chiqqan mehmonlar istiqlol tufayli erishilgan zafarlar haqida so‘zlab, bayram bilan barchani tabrikladilar.


Professor-o`qituvchilar hamda filialga eng yuqori bal bilan qabul qilingan talabalar ma’muriyatning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

