«Yangi O‘zbekistonda el-aziz, inson aziz» shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari

«Yangi O‘zbekistonda el-aziz, inson aziz» shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari

Yangi o`quv yiliga tayyorgarlik hamda Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida «Yangi O‘zbekistonda el-aziz, inson aziz» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Erta tongdan tozalash ishlari boshlab yuborilgan. Filial jamoasi bir yoqadan bosh chiqarib ishga kirishib ketdi.

Hamma joy bir lahzada fayzga kirdi. Ko‘ngillar yorishdi. Chunki fayzli dargohda bayram yana ham chiroyli o‘tadi.

Xayriya hashari filial miqyosida davom etmoqda.

Scroll to Top