“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”

Bugun jonajon yurtimizda katta shodiyona! Orziqib kutilgan mustaqillikning 30 yillik bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olgan talaba-yoshlarimiz Yangi o’quv yilining ochilish marosimida ishtirok etib turishibdi.

 

Tadbir avvalida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori kimyo fanlari doktori, professor Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich tomonidan barcha ishtirokchilar Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etildi, talabalikka qabul qilingan yoshlar samimiy  qutlandi va o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilandi.

1-bosqichga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari o’z dil izhorlarini bildirishdi. 

 

Aytish kerakki, bugun talabalik baxtini his qilayotgan yoshlar katta hayajonda, katta orzular bilan oliy ta’lim muassasasiga qadam qo‘yishmoqda. Albatta bu jarayonda farzandining kamolini ko‘rish ota-ona uchun ulkan sharaf bo’lish bilan birga farzandning ota-ona oldidagi mas’uliyatini yanada oshiradi. 

 

Tadbirdan so’ng, filialdagi barcha guruhlar uchun “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tdi. Darslarda Mustaqillik yillari davomida yurtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar haqida yoshlarga professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar berildi.

 

Barcha talabalarni Yangi o‘quv yili bilan tabriklaymiz!

Scroll to Top