Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Boboyev va tuman IIB hamkorligida “Agrobank” AT tuman filialida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzulariga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
So’z olganlar Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning o‘ziga xos jihatlari, undan kelib chiqadigan aniq vazifa va takliflar yuzasidan batafsil tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Shuningdek bugungi kundagi korrupsiya muammosini anglash, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanganligi, korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmasligimizni idrok etish masalasi kun tartibiga qo’yildi.
Tadbir so’ngida “Singapur mo’jizasi” nomli videorolik namoyish etildi.