O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi Qonunining 7-moddasi birinchi qismining birinchi, to’rtinchi xatboshilariga muvofiq, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar o’z vakolatlari doirasida markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o’z tarkibiy va hududiy bo’linmalariga o’z vaqtida yetkazilishini ta’minlash nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali yuristkonsulti T.Esanov tomonidan

joriy yilning 17-avgustidagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi O’RQ–790-sonli qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlari yuzasidan filial jamoasiga tushuntirish berib o’tildi.


Davra suhbatida filial jamoasi o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
