Yangi qabul qilingan normativ hujjatlarni filial jamoasiga yetkazish
TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmatiO’zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi Qonunining 7-moddasi birinchi qismining birinchi, to’rtinchi xatboshilariga muvofiq, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar o’z vakolatlari doirasida markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o’z tarkibiy va hududiy bo’linmalariga o’z vaqtida yetkazilishini ta’minlash nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan o`tkazilgan targ’ibot tadbirida filial yuristkonsulti T.Esanov so’zga chiqib, “Reklama to’g’risida”gi, “Inson a’zolari va to’qimalarining transplantatsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yish tartib-tamoillari to’g’risida”gi qonun hujjatlari hamda bir qator yangi normativ hujjatlari haqida filial jamoasiga tushunchalar berib o’tdi.
Filial jamoasi ushbu o’tkazilgan targ’ibot tadbirida o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.