Yangilanayotgan Konstitutsiya chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi.

Joriy yilning 25 mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali faollar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish shunday nomlandi.

Ma’lumki, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga yetkazildi, ya’ni amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilandi. Soha o‘qituvchi va talabalari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Konstitutsiyaga kiritilgan asosiy o‘zgartirishlarning har biri alohida muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, jamoatchilik muhokamalarida 220 mingdan ortiq taklif kelib tushgan va har to‘rtinchi taklif loyihaga kiritilgan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangilangan Konstitutsiya tom ma’noda Xalq Konstitutsiyasiga aylanishini e’tirof etdi.

Aytish joizki, yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini har tomonlama tartibga solish va mamlakatimizni demokratik rivojlantirishda eng muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Barcha savollarga imkon qadar sodda va aniq javob berildi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shaxnoza Xolmahmatova va O‘zLiDEP Qashqadaryo viloyat kengashi apparat rahbari Orziqul Sherovlar ishtirok etdi.

Scroll to Top