Ayni kunlarda yurtimiz go‘shalarida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Navroʻz bayrami munosabati bilan o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘larini yanada mustahkamlash maqsadida bayram tadbirlari tashkil etildi.
Bu yilgi Navroʻz bayrami filialimizda ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zgacha tarzda o‘tkazildi. Erta tongdan 7 ta ta’lim yo’nalishida faoliyat yurituvchi tyutorlar talabalari o’rtasida osh festivali o’tkazildi.
Laganlarda biri-biridan shirin tortilgan oshlarni hakamlar hay’ati a`zolari baholashdi. Shunday qilib, tyutor Marhabo Sobirova rahbarlik qilayotgan FOBMT yo’nalishi talabalari pishirgan osh eng mazzali deb topildi.
Bayramona tadbir doirasida pishirilgan osh, ko‘k somsalar va ana’naviy taomlarimiz bayram dasturxoniga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi, sport musobaqalari, musiqiy chiqishlar, kuy va raqslar jo`rligidagi sayl har yilgidan boshqacha o`tdi. Xalq tеrmalari, aytishuvlar, hazil – mutoyiba, qo`shiqlar, laparlar yangradi, dilbar raqslar barchaning ko’ngliga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Talabalar o’rtasida arqon tortish, tosh ko’tarish musobaqalari o’tkazildi.
Bayram saylida tashkillashtirilgan tanlovlar uchun g’oliblarga mukofotlar topshirildi.